“Daryo”da doimiy rukn — har kuni eng muhim yangiliklarning kechki dayjesti berib boriladi.
1. Yaponiya Mudofaa vazirligi KXDRning vodorod bombasi haqidagi xabarlardan xavotirga tushmoqda. Shimoliy Koreyada vodorod bombasi borligi haqidagi xabar Janubiy Koreyani go‘yoki xavotirga solmagani haqida kecha, 10-dekabr kuni xabarlar berilgandi.
2. Rossiya Tergov qo‘mitasi Xodorkovskiyni Nefteyugansk merini o‘ldirishda aybladi. 2013-yil oxirida Putinning avfiga ko‘ra ozodlikka chiqarilgan Mixail Xodorkovskiy yana ozodlikdan mahrum etilishi mumkin.
3. Forbes Amazon asoschisini yilning eng omadli milliarderi deb atadi. Yil oxiriga yaqinlashganimiz sayin, har kuni biror nashr o‘z talqini bo‘yicha yilning “eng, eng, eng” qandaydir odamini e’lon qiladi. Avvalroq Time Germaniya kansleri Angela Merkelni “Yil odami” deb e’lon qilgandi.
4. Karim Benzema uni termadan chetlatgan Fransiya futbol federatsiyasining qarorini hurmat qilishini bildirdi. Maydonda foydali bo‘lgan bu futbolchi maydon tashqarisidagi xatti-harakati sabab, Yevropa chempionati arafasida o‘ziga jabr qildi, so‘zsiz. Aytmoqchi, ertaga, 12-dekabr, shanba kuni Yevro—2016 ga qur’a tashlanadi.
5. Lolaning litsenziyadan ayrilishiga sabab bo‘lgan libosi auksionda sotiladi, tushgan mablag‘ xayriyaga sarflanadi. Xonanda haqiqatan o‘sha libosidek shov-shuvli intervyu bergan — u nima uchun ajrashganini aytgan, shuningdek, libos kishining qilmoqchi bo‘lgan amaliga ta’sir qilmasligini tushuntirishga harakat qilgan.
Izoh (0)