Xitoyning Fosun investitsiyaviy konglomerati o‘z rahbari Go Guanchan yo‘qolib qolgani munosabati bilan aksiyalari savdosini to‘xtatdi, deya xabar bermoqda “RBK”. Guanchan o‘zini xitoylik Uorren Baffet deb ataydi va mamlakatning eng badavlat kishilaridan biri hisoblanadi.
Go Guanchan g‘oyib bo‘lgani haqidagi gap-so‘zlar 10-dekabr kuni moliyaviy nashrlardan biri, tasdiqlanmagan ma’lumotlarga ko‘ra, biznesmen Shanxay aeroportida politsiya tomonidan qo‘lga olingani haqida yozgach, Xitoy bo‘ylab tarqalib ketdi. Fosun rahbariyati ushbu maqoladan so‘ng qo‘ng‘iroqlarga javob bermay qo‘ydi.
Financial Times yozishicha, Go Guanchanning hibsga olingani haqidagi mish-mishlar rost bo‘lib chiqsa, u aksilkorrupsiya tekshiruvlariga aloqador bo‘lib chiqqan eng yirik xitoylik biznesmenga aylanadi.
Izoh (0)