Tokiodagi Senso Ji buddistlar ibodatxonasida an’anaviy yig‘loqi chaqaloqlar festivali bo‘lib o‘tdi.
Musobaqada bir yoshgacha bo‘lgan 100 nafardan ortiq chaqaloqlar ishtirok etdi. Ushbu tadbir Yaponiyada juda mashhur va har yili ko‘plab tomoshabinlarni jalb qiladi. Ota-onalar o‘z farzandlarini sumo kurashchilariga topshirishadi, ular bolani imkon qadar baland ovozda qichqirib yig‘lashga majbur qilishadi. Agar bu ish bermasa, qo‘rqinchli niqob kiygan hakamlar ishga aralashadilar.
Yaponlar o‘z farzandlarini musobaqaga ixtiyoriy ravishda olib kelishadi. Ular yig‘lash bolalarning sog‘lig‘ini yaxshilaydi va yovuz ruhlardan saqlaydi, deb hisoblashadi. Bu an’anaga allaqachon 400 yil bo‘lgan.
Yillar davomida yaponlar bu festivalni katta tantanalar bilan o‘tkazishga odatlanishgan. Festival uchun alohida tayyorgarlik ko‘riladi, ota-onalar kichik yoshdagi bolalari festivalda “munosib” ishtirok etishi uchun qo‘llaridan kelgancha harakat qilishadi.
Izoh (0)