Xalqaro elektraloqa ittifoqi (ITU) yangi Measuring the Information Society reytingini e’lon qildi, deb yozadi Naked Science.
U xalqaro tarmoqqa ulanish bo‘yicha turli jihatlarni, jumladan tezlik, narx, ulangan abonentlar soni, kamida bitta kompyuterga ega uy xo‘jaliklari sonini hisobga oladi. Barcha mezonlar bo‘yicha mukammal ko‘rsatkichga ega bo‘lgan mamlakat 10 ballik bahoga ega bo‘lishi mumkin, biroq unga hech qaysi davlat yaqin kela olmadi.
Reytingda 8,93 ball bilan Janubiy Koreya yetakchilik qildi, Daniya (8,88) va Islandiya (8,86) undan keyingi o‘rinlarni egalladi. Yuqori o‘ntalikni Buyuk Britaniya, Shvetsiya, Lyuksemburg, Shveysariya, Niderlandiya, Gonkong va Norvegiya davom ettirdi.
AQSh reytingda 15-o‘rinni egallagan bo‘lsa, Xitoy atigi 83-pog‘onani band etdi. Rossiya 6,91 ball to‘plab, 45-o‘rinda joylashdi. Estoniya 20-, Belarus 36-, Ukraina 79-o‘rinlarga loyiq deb topildi.
Izoh (0)