Ona qornida EKU (ekstrakorporal urug‘lantirish) yordamida paydo qilingan ilk bola tug‘ilganidan keyin 37 yil o‘tib, bu usul orqali kuchuk bolalari dunyoga keltirildi, deb yozadi PLoS One jurnali.
Muvaffaqiyatli tajriba Kornell universitetida o‘tkazildi. Urg‘ochi bigl va ikkita donor ota (bigl va koker-spaniyel)ning bolalari sog‘lom va o‘zlarini yaxshi his qilmoqda.
Itlar uchun EKU ustida ishlashga buncha ko‘p vaqt talab etilishiga ushbu jonivorlarda urug‘lantirilmagan tuxumhujayra yetilishi uchun ko‘proq vaqt kerak bo‘lishi sabab bo‘ldi. Olimlar tasodifangina, tuxumhujayrani organizmdan bir kun kechroq olish kerakligi, shunda urug‘lanish imkoniyatlari keskin o‘sishini aniqladi.
Kuchuklarda EKUning muvaffaqiyatli tarzda amalga oshirilishi uy hayvonlari, shuningdek, odamlarda irsiy kasalliklar bilan kurashish imkoniyatini beradi. Bundan tashqari, olimlar EKU itlar oilasining qirilib ketayotgan turlarini saqlab qolishga yordam berishiga umid qilmoqda.
Izoh (0)