2050-yilga kelib, dunyoda aqli zaif kishilar soni ikki barobar ko‘payadi. Bu haqda Kuba poytaxtida Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining ruhiy salomatlik va toksikomaniya bo‘limi rahbari Shekxar Saksena ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.
U ushbu ma’lumotlarni Gavanada ochilgan Global salomatlik instituti anjumanida keltirib o‘tdi.
“Har kuni bunday kasallik tashxisi 600 marta qo‘yiladi, 2020-yilgacha bu raqam ko‘payadi, asr o‘rtasiga kelib esa, xastalanish darajasi ikki karra ortadi”, — dedi Saksena.
Mutaxassis so‘zlariga ko‘ra, kasallanish holatlari eng ko‘p Karib mamlakatlarida aniqlangan, shu tufayli JSST aynan shu mintaqaga alohida e’tibor qaratmoqda.
Izoh (0)