1996-yilda turmush qurgan ispaniyalik aktyor Antonio Banderas va amerikalik kinoyulduz Melani Griffit ajrashish jarayonini to‘liq rasmiylashtirdi. Bu haqda “TASS” xabar beradi.
58 yoshli Griffit o‘tgan yili ajrashish uchun ariza bergan edi. Biroq shu paytga qadar qachonlardir Gollivudning eng mashhur juftliklaridan biri nikohdan ajratish jarayonining moliyaviy masalalari va boshqa huquqiy jihatlari yuzasidan kelishuvga erisha olmayotgan edi. Jumladan, aktrisa 55 yoshli Banderasning bir necha filmlarda suratga tushish natijasida qo‘lga kiritgan daromadining bir qismiga da’vo qildi.
Sobiq er-xotin kelishuvining tafsilotlari oxirigacha ma’lum qilinmadi. Biroq, Associated Press agentligining xabar berishicha, Banderas 18 yoshli qizi uchun Griffitga har oyda 55 ming dollar aliment to‘laydi.
OAV ajrashishga aktrisaning rashki sabab bo‘lganligini ma’lum qilgan edi. Bu bilan Griffit to‘rtinchi marta, Banderas esa ikkinchi marta ajrashmoqda.
Izoh (0)