Raqqosa Parizoda qoshiga va labiga maxsus kosmetik ishlov berilganidan hozir afsuslanishini ma’lum qildi. Bu haqda “Darakchi” gazetasi xabar bermoqda.
“Qoshimni ‘rastushyovka’ qilganman, lablarimga ham maxsus gel bilan ishlov berilgan. Bu ikkala muolajani amalga oshirganimga ancha bo‘ldi”, — deydi raqqosa.
“Kosmetologiya sohasida bu yangilik kashf qilinganida, qiziqib o‘zimda sinab ko‘rganman. Ammo bu ishimdan hozir afsuslanaman. Chunki tabiiy go‘zallikka hech narsa yetmaydi”, — deya qo‘shimcha qildi Parizoda.
Izoh (0)