Xonanda Munisa Rizayeva plastik operatsiyani boshdan o‘tkazganini, tashqi ko‘rinishini bir maromda saqlab turish uchun kosmetik vositalardan foydalanib turishini ma’lum qildi. Bu haqda “Darakchi” gazetasi xabar bermoqda.
“Plastik jarrohlik yo‘li bilan burnimning shaklini o‘zgartirdim. Chunki ish jarayonida ancha noqulayliklar keltirib chiqarardi. Masalan, tasvirga olish jarayonida kerakli rakursni topishga qiynalishardi”, — dedi xonanda.
“Lablarim shaklini o‘zgartirishda botoksdan foydalanishimni ham yashirmayman. Lekin sun’iy go‘zallikka haddan tashqari berilib ketish sog‘liqqa zararligini bilaman”, — deya qo‘shimcha qildi Munisa Rizayeva.
Izoh (0)