Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Turkiyaning Samsun shahri porti rahbariyati Rossiyaga tegishli to‘rt kemani tekshirish uchun ushlab qoldi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.

Foto: “Korrespondent.net”

Foto: “Korrespondent.net”

Nashrning qayd etishicha, port rahbariyati “Kristall”, “Neva”, “Omskiy-105” va “Rusiya” yuk tashuvchi kemalarini tekshiruv ishlari sabab ushlab qolgan.

Port xodimlarining so‘zlariga ko‘ra, kemalar tegishli hujjatlarning yo‘qligi sabab ushlab turilibdi. Port direktori Aydin Unalning aytishicha, bunda gap “reja bo‘yich o‘tkazilgan tekshiruvlar” haqida bormoqda.

Noyabr oyi oxirida Rossiya bayrog‘i ostidagi kemalar Turkiyaning Bosfor bo‘g‘ozidan o‘tishda muammolarga duch kelgani ma’lum bo‘lgandi. Rus kemalari bo‘g‘ozga kirish uchun ruxsatnomani 14 soatdan kutishga majbur bo‘lgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Mashina olib berishni vaʼda qilib, 248 kishini 12 mlrd so‘mga chuv tushirgan firibgarlarga hukm o‘qildi
Mahalliy
Shavkat Mirziyoyev Nukusdagi xonadonda iftorlik qildi (video)
Dunyo
Blinken AQSH fuqarolarini zudlik bilan Rossiyani tark etishga chaqirdi