Avstriyaning Vena shahrida “Yer go‘zali ― 2015” tanlovining g‘olibalari e’lon qilindi. Bu haqda Tengri News xabar qilmoqda.
Xabar qilinishicha, Filippin vakilasi Anjeliya Ong bosh unvonni qo‘lga kiritdi.
Angeliya Ong bo‘yi 170 santimetr bo‘lib, tana ko‘rsatkichlari 81-61-90 ga teng. U talaba. Anjeliya va uning akasini onasi bir o‘zi voyaga etkazgan.
“Havo go‘zali” unvonini 26 yoshli avstraliyalik Dayanna Grageda qo‘lga kiritdi. “Suv go‘zali” tojini 23 yoshli amerikalik Britani Enn Peyn olgan bo‘lsa, “Olov go‘zali” unvoni 22 yoshli braziliyalik Tiyessa Sikertga nasib qildi.
O‘tgan yilgi “Yer go‘zali ― 2014”” unvonini ham filippinalik qiz ― 20 yoshli Jemi Xarrel qo‘lga kiritgan edi.
“Yer go‘zali” ― “Dunyo go‘zali”, “Xalqlararo go‘zal” va “Koinot go‘zali” tanlovlari kabi dunyoning eng nufuzli tanlovlaridan biri hisoblanadi.
Izoh (0)