Yaponiya hukumati aksilterrorchilik choralarini oshirish bo‘yicha shtab yig‘ilishida mamlakat TIV qoshida xalqaro terrorchilik bo‘yicha ma’lumotlar to‘plash yuzasidan markaz tashkil etish haqidagi rejani tasdiqladi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar beradi.
Markazga diplomatik boshqarma, Mudofaa vazirligi va politsiyadan 30—40 nafar mutaxassis kiritiladi. Yangi tizimda to‘rtta bo‘lim shakllantiriladi: Yaqin Sharq, Shimoliy Afrika, Janubi-Sharqiy Osiyo va Janubiy Osiyo.
Joylarda ma’lumot to‘plash uchun Iordaniya, Misr, Indoneziya va Hindistonda bo‘limlar tashkil etiladi.
“Terrorizm sohasidagi hozirgi vaziyat juda keskindir. Biz xalqaro hamjamiyat bilan yaqin hamkorlikda barcha kuchlarni teraktlarning oldini olishga yo‘naltiramiz”, — dedi Yaponiya hukumati bosh kotibi Yosixide Suga.
Izoh (0)