Koreya xalq armiyasi siyosiy bosh boshqarmasi rahbari Xvan Byon So uch haftaga yaqin g‘oyib bo‘lgandan so‘ng, yana omma oldida paydo bo‘ldi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar beradi.
Xvan Byon So Janubiy Koreyada Shimoliy Koreya qurolli kuchlarining “birinchi raqamli” hamda KXDR hukumati tizimidagi ikkinchi odam deb hisoblanadi.
Koreya Markaziy telegraf agentligining ma’lum qilishicha, Xvan Byon So KXDR rahbari Kim Chen Inga daraxt navlari ko‘chatxonasiga tashrifi davomida hamrohlik qilgan.
“Ryonxap” agentligi xabar qilishicha, uning g‘oyib bo‘lishi umurtqa pog‘onasida jarrohlik operatsiyasini o‘tkazish uchun Xitoyga tashrif buyurishi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.
Oxirgi marta Xvan Byon So haqida 11-noyabr kuni rasman so‘z yuritilgan edi.
Izoh (0)