Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev Su-24 samolyoti urib tushirilishi tafsilotlarini o‘rganish bo‘yicha qo‘shma komissiya tuzish taklifini bildirdi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
“Bu qanchalik qiyin bo‘lmasin, birgalikda komissiya tuzib, tekshiruvni tezda yakunlash, aybdorlarni aniqlash, jazolash, xatolarni tan olish va munosabatlarni tiklash zarur. Men Rossiya va Turkiyadagi do‘stlarimizni shunga chaqiraman”, — deya ta’kidlagan Nazarboyev.
Nazarboyev Rossiya va Turkiya munosabatlari do‘stona tus olishi uchun bosh vazir Demirel va prezident Yelsin davridan boshlab harakat qilgani, endi bu urinishlar behuda ketishi mumkinligidan afsusda ekanligini bildirgan.
Izoh (0)