Pokiston harbiy-havo kuchlari mamlakat shimoli-g‘arbidagi “qabilalar hududi”dagi terrorchilarning Xayber agentligi (ma’muriy-hududiy bo‘linish birligi)ga ga aviazarba berdi. Natijada 21 nafarga yaqin terrorchi yo‘q qilindi. Bu haqda “Doon” gazetasi ma’lumotiga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
Ma’lumotga ko‘ra, havodan qilingan hujumlarga jangarilarning Tira vodiysidagi Kokikxil tumanida joylashgan bir qancha yashirilgan va mustahkam boshpanalari ham duchor bo‘lgan.
Mahalliy qurolli qo‘shin matbuot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, shu vaqtga qadar agentlikda olib borilgan qator operatsiyalar vaqtida 3,5 ming nafar terrorchi yo‘q qilingan. Bundan tashqari, jangarilar ham ancha-buncha talofat ko‘rgan.
Izoh (0)