24-noyabr, seshanbaga o‘tar kechasi Rossiyaning Chelyabinsk shahri aholisi noyob tabiat hodisasi — Oy atrofidagi kamalakka guvoh bo‘ldi, deya xabar bermoqda “TASS”.
Chelyabinsk gidrometeorologiya markazi xodimi so‘zlariga ko‘ra, Oy kamalagi juda kamdan-kam uchraydigan optik fenomen bo‘lib, u faqat ayozli paytda kuzatilishi mumkin. Muz kristallariga tushgan yorug‘lik sinib, spektrga ajraladi, natijada Oy atrofidagi aylana kamalakka o‘xshab qoladi. Bunday kamalak ham Quyosh, ham Oy atrofida yuzaga kelishi mumkin.
“Bunday hodisa yana qachon kuzatilishini aytish qiyin. Hozircha mintaqada jiddiy sovish yoki haroratning keskin tushishi kutilmayapti”, — dedi xodim.
Izoh (0)