Otib tushirilgan Rossiya bombardimonchi samolyoti bo‘laklarining qulashi natijasida Turkiyaning ikki fuqarosi tan jarohati oldi. Bu haqda, Ulusal telekanaliga asoslanib, “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Xabar berishlaricha, samolyot bo‘laklari Turkiyaning Xatay viloyati Yayladag‘i tumanida istiqomat qiluvchi fuqarolarga jabr yetkazgan.
Rossiya Mudofaa vazirligining ma’lum qilishicha, Rossiyaga tegishli Su-24 samolyoti, katta ehtimol bilan, yerdan berilgan zarba oqibatida Suriyada qulagan. Avvalroq, Turkiya harbiylari mamlakat havo kengliklarini buzib kirgan samolyot F-16 qiruvchisi tomonidan urib tushirilganini tasdiqlagan edi.
Voqea: Turkiya urib tushirgan Su-24
Rossiya Mudofaa vazirligining alohida qayd etishicha, urib tushirilgan bombardimonchi samolyoti butun parvoz davomida faqat Suriya hududida bo‘lgan.
Izoh (0)