Toshkent shahar hokimi 2015-yil 5-noyabrda O‘zbekiston Qizil Yarim Oy jamiyatining Toshkent shahar tashkiloti jamg‘armasi uchun 26-noyabrga qadar xayriya yig‘ish o‘n kunligini e’lon qilish haqida qaror qabul qildi. Bu haqda “Norma.uz” xabar bermoqda.
Ushbu hujjat tashkilotning 2016-yildagi davlat dasturlarini amalga oshirish, jamiyatning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, aholining ehtiyojmand qatlami, yolg‘iz keksalar, ijtimoiy yordamga muhtoj oilalar va tabiiy ofatlar natijasida jabrlanganlarga ko‘mak berish bo‘yicha faoliyatini qo‘llab-quvvatlash maqsadida qabul qilindi.
Korxona, muassasa va tashkilotlarga xayriya yig‘ish o‘n kunligini o‘tkazish va kollektiv bilan kelishgan holda to‘plangan mablag‘ni O‘zbekiston Qizil Yarim Oy jamiyatining Toshkent shahar tashkiloti hisob-raqamiga ko‘chirish tavsiya etildi.
Izoh (0)