Fuqaro M.Usmonov “Ipotekabank” Andijon viloyati filiali xodimi U.Parpiyev va boshqalar firibgarlik bilan fuqarolarni aldab kelayotgani yuzasidan ariza yozgan, deb xabar beradi “Huquq” gazetasi.
So‘ng, kredit uchun ajratilgan 19 million so‘m pulni Andijon shahridagi kompaniyalardan birining hisob-raqamiga o‘tkazib, evaziga kompaniya mansabdor shaxslaridan 15 million so‘m naqd pul olib, o‘z manfaatlari yo‘lida ishlatib yuborgan.
“Shu sababli, filial yetakchi mutaxassisi U.Parpiyevga nisbatan jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, u sud hukmi bilan javobgarlikka tortildi”, — deyiladi gazeta xabarida.
Izoh (0)