O‘zbekiston Futbol Federatsiyasining Instagram’dagi sahifasi O‘zbekiston va Shimoliy Koreya terma jamoalari o‘rtasidagi JCh—2018 saralash uchrashuvi oldidan madhiyalar yangragan vaqtda olingan qisqa videoni e’lon qildi.
“‘Paxtakor’ stadionidagi muxlislar terma jamoa bilan birga O‘zbekiston madhiyasini kuylamoqda”, — deyiladi videoga ilova qilingan tagso‘zda.
O‘zbekiston va Shimoliy Koreya terma jamoalari o‘rtasidagi JCh—2018 saralash uchrashuvida o‘zbekistonlik futbolchilar 3:1 hisobida g‘alaba qozongan edi.
Izoh (0)