Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedev davlat va munitsipal ehtiyojlar uchun xaridlarda xorij dasturiy ta’minoti ishtirokini taqiqlash bo‘yicha qarorni imzoladi. Mazkur hujjat Rossiya hukumati saytida e’lon qilindi, deya xabar beradi “Gazeta.ru”.
“Hujjatga binoan xorijiy davlatlarda ishlab chiqarilgan dasturiy ta’minotni davlat va munitsipal ehtiyojlar uchun xarid qilishga taqiq o‘rnatilmoqda”, — deyiladi qarorga ilova qilingan ma’lumotnomada.
Hukumat qaroriga ko‘ra, buyurtmachilar Rossiyada ishlab chiqarilgan dasturiy ta’minot bilan cheklanishga majbur, biroq zarur funksiyalar va texnik shartlarga ega dasturiy ta’minot mamlakatda bo‘lmagan holatlar bundan mustasno.
Izoh (0)