Fransiya bosh vaziri Manuel Vals terrorchilar tomonidan kimyoviy va bakteriologik qurollarning qo‘llanilishi mumkinligi haqidagi xavfdan ogohlantirdi. Bu haqda u mamlakatda favqulodda vaziyatni uzaytirish masalasi ko‘rib chiqilayotgan parlamentdagi chiqishida ma’lum qildi, deb xabar beradi Meduza.
13-noyabrda Parijda sodir etilgan bir qator teraktlardan so‘ng, butun Fransiyada favqulodda holat joriy etilgan edi. Qonun bo‘yicha ushbu rejim 12 kun davom etishi mumkin. Biroq fransuz parlamentiga uni uch oyga qadar uzaytirish taklif etilgan edi.
Shu munosabat bilan Fransiya bosh vaziri Manuel Vals mamlakatdagi favqulodda holat rejimi yana uch oyga uzaytirilishini ma’lum qildi.
Izoh (0)