Yevro-2016 musobaqasining so‘nggi saralash pley-off bahslaridan o‘rin olgan Ukraina hamda Sloveniya terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv nihoyasiga yetdi. Unda 2:0 hisobi qayd etilib, maydon egalarining g‘alabasi bilan yakunlandi, deya xabar bermoqda “Uff.uz”.
Dastlab, 22-daqiqada Yarmolenko hisobni ochdi. Ikkinchi bo‘limda, 54-daqiqada Seleznev oradagi farqni ikkita golga yetkazdi. Sloveniya futbolchilari javob golini urish uchun harakat qildi, ammo buning uddasidan chiqa olmadi. Shu tariqa Ukraina javob o‘yini oldidan yaxshi imkoniyatga ega bo‘ldi.