O‘zbekiston milliy terma jamoasi JCh-2018 saralash bahsining 2-bosqich, 8-tur uchrashuvlari doirasida Yamanga qarshi o‘yin o‘tkazish uchun Qatar poytaxti Doha shahriga yetib bordi. Bu haqda “Std.uz” xabar bermoqda.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston milliy terma jamoasining Yaman bilan bo‘lib o‘tadigan uchrashuvi 17-noyabr kuni, Toshkent vaqti bilan 20:30 da boshlanadi.
O‘yin neytral hudud — Qatar poytaxti Doha shahrida o‘tkaziladi.
Izoh (0)