Marokashning Kasablanka shahrida bo‘lib o‘tayotgan sambo bo‘yicha jahon chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi vakillari qator medallarni qo‘lga kiritdi. Bu haqda “Olamsport” xabar bermoqda.
74 kg vazn toifasida o‘tkazilgan bahslarda Istam Qudratov barcha raqiblarini mag‘lubiyatga uchratib, ikki karra jahon chempioni nomiga sazovor bo‘ldi. Terma jamoa a’zolaridan 52 kg vazn toifasidagi Sattor Ergashev, 69 kg vazndagi Sarbon Ernazarov hamda 100 kg vazn toifasidagi Islomjon Azimov jahon chempionatining bronza medallarini qo‘lga kiritdi.
Musobaqaning ikkinchi kungi bahslarida 80 kg vazn toifasida kurashgan Sanjar Ne’matov bronza medaliga sazovor bo‘ldi.
Izoh (0)