Qo‘shimcha tekshiruvlar so‘nggi imperator Nikolay II va imperator ayol Aleksandra Fyodorovnaning jasadlari haqiqiy ekanligini tasdiqladi, deya xabar bermoqda “Gazeta.ru” Rossiya Tergov qo‘mitasi rasmiy vakili Vladimir Markinga tayanib.
Markin aniqlik kiritishicha, tadqiqot natijasida “insoniyat uchun kamyob bo‘lgan va ona tomonidan Angliya qirolichasi Viktoriya avlodlariniki bilan mos tushadigan mitoxondrial DNKlar” aniqlangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya Tergov qo‘mitasi Romanovlar imperatorlik uyi a’zolarining halok bo‘lishi bilan bog‘liq jinoiy ish yuzasidan tekshiruvlarni qaytadan boshlashga qaror qilgan edi.
Izoh (0)