AQSh prezidenti Barak Obama Facebook’da shaxsiy sahifasini ochganidan so‘ng bir kecha-kunduz ichidayoq o‘nlab mingta izohlar yig‘di, deb yozadi TJournal. Nashr aynan rossiyaliklar Obamaning sahifasida qanday izohlar qoldirganini tahlil qildi.
Rus tilidagi izohlar orasida do‘stona xususiyat kasb etganlari ham uchradi, biroq yozuvlarning katta qismi salbiy ma’noga ega bo‘ldi.
Irqchilik xususiyatiga ega haqoratlar, tanqidlar, hazilomuz e’lonlar va takliflar, shuningdek, turli ayblovlar Obamaga qarata aytildi. Xususan, AQSh prezidentini sivilizatsiyani vayron etish va terrorchilarga homiylik qilishda ayblashdi.
Eslatib o‘tamiz, AQSh prezidenti Barak Obama 9-noyabr, dushanba kuni Facebook ijtimoiy tarmog‘ida shaxsiy sahifasiga ega bo‘ldi. Obama amerikaliklar uning sahifasidan AQSh oldida turgan muhim masalalarni muhokama etishda foydalanishiga umid qilmoqda.
Izoh (0)