Qirg‘iziston vakilasi Tansuluv Umurzoqova Bolgariyadagi supermodellar tanlovida bosh sovrinni qo‘lga kiritdi, deya xabar bermoqda Sputnik.
Super Model Universe 2015 tanlovi 3—7-noyabr kunlari Bolgariya poytaxti Sofiyada 18—25 yoshli yigit va qizlar orasida bo‘lib o‘tdi. Unda dunyoning turli mamlakatlaridan kelgan 30 dan ziyod kishi qatnashdi. Erkaklar orasida bosh sovrin Malta vakiliga nasib etdi.
Qizlar orasida Gran-pri va “Koinot supermodeli” unvoni Qirg‘iziston vakilasiga topshirilgan bo‘lsa, 1- va 2-o‘rinlarni rossiyalik qizlar qo‘lga kiritdi. Isroil vakilasi 3- va Belarus vakilasi 4-o‘ringa munosib deb topildi.
Izoh (0)