Reuters agentligi Gazprombank boshqaruvi raisi Andrey Akimov bilan suhbat yozib olingani va chop etilgan maqolada xatoga yo‘l qo‘yilmaganini ma’lum qildi. Bu haqda “RBK” xabar bermoqda.
“Janob Akimovning Reuters agentligi bilan suhbati yozib olingan. Uning aytganlarini biz tomonimizdan yorilitishida hech qanday yanglishish bo‘lmagan, deb hisoblaymiz”, — deya ta’kidlagan Reuters vakili.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Gazprombank boshqaruvi raisi Andrey Akimov uning nomidan e’lon qilgan Katerina Tixonova Rossiya prezidenti Vladimir Putinning qizi ekanligi haqidagi ma’lumotni rad etgan, agentlik u aytgan so‘zlarni buzib talqin etganini da’vo qilgandi.
Izoh (0)