Suriyaning Latakiya shahrida sodir etilgan ikki portlash oqibatida 23 kishi halok bo‘ldi va 40 kishi jarohatlandi. Bu haqda Reuters agentligiga tayanib, Meduza xabar bermoqda.
Mamlakatning davlat agentligi — SANA portlashda 22 kishi qurbon bo‘lib, 62 kishi yaralangani haqida ma’lum qilgan. Agentlik manbalariga ko‘ra, Latakiyada Suriya hukumat kuchlariga qarshi kurashayotgan jangarilar tomonidan ishga solingan raketalar portlagan.
Eslatib o‘tamiz, Latakiyada Rossiya aviatsiyasi tomonidan foydalaniladigan harbiy-havo bazasi joylashgan.