Hindistonning ishbilarmon va san’atkor elitasi Buyuk Britaniyadan dunyodagi eng mashhur olmoslardan biri — “Ko‘hinur” qaytarilishiga erishmoqchi, deya xabar bermoqda “TASS”.
Tashabbuskor guruh Hindiston bosh vazirining 12—15-noyabr kunlari Londonga tashrifi arafasida Britaniya qirolichasi Yelizaveta II ga qarshi sud da’vosini tayyorlamoqda.
Guruh a’zolaridan biri bu britaniyaliklar tomonidan Hindistondan “shubhali vaziyatda” olib chiqib ketilgan ko‘plab qimmatli artefaktlardan birigina ekanligini ta’kidladi.
Da’vo yaqin orada oliy instansiya sudlariga beriladi.
Izoh (0)