Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on usmonli sultonlarning mashhur “Yulduz saroyi”ni ta’mirlash va o‘zining qarorgohi sifatida foydalanishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Habertürk Daily xabar bermoqda.
Mazkur saroy Istambulda 1880-yili sulton Abdulhamid II uchun qurilgan va salkam 40 yil davomida hukumat ma’muriyati markazi sifatida foydalanilgan. Usmonli imperiyasining so‘nggi hukmdori Mexmed VI ham saroyda o‘z hukmronligining so‘nggi yillarida istiqomat qilgan.
Erdo‘g‘onning yangi qarorgohi hisob bo‘yicha beshinchisi bo‘ladi: uning mamlakat hududida ikki koshonasi va ikki saroyi, jumladan, sultonlar “Yulduz saroyi” ochilguncha istiqomat qilgan “Dolmabaxche” bor.
Izoh (0)