Avstraliyaning Viktoriya shtatida yashovchi Brayan Maklaren uning Meggi laqabli 30 yashar iti dunyodagi eng qari it ekanligini taxmin qilmoqda. Biroq insonlarning 200 yoshiga tenglashtirsa bo‘ladigan sanani isbotlashni iloji yo‘q, chunki itning hujjatlari yo‘qolgan. Bu haqda Metro ma’lum qildi.
Avstraliyalikning aytishicha, “qariya” ko‘pincha mudrab yotadi, shuningdek, Maklaren uni traktorida aylantirib yuradi. Veterinar Jek Ayerbi Meggi chindan ham aytilgan yoshga kirgan bo‘lishi mumkinligini ta’kidladi, chunki veterinariya erishgan yutuqlar bunga imkon beradi.
Shu paytga qadar 1939-yili 29 yoshida o‘lgan avstraliyalik Blyui laqabli cho‘pon iti dunyodagi eng qari it sanalardi.
Izoh (0)