2015-yilning 5-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida Yaponiyaning Favqulodda va Muxtor Elchisi Fumihiko Kato bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar beradi.
Suhbatda Yaponiya Bosh vaziri Sindzo Abening O‘zbekistonga tashrifi va oliy darajadagi muzokaralar chog‘ida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirishga qaratilgan ikki tomonlama munosabatlarning dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Izoh (0)