Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya qirolichasi Yelizaveta II bilan uchrashdi. Bu haqda “Tengrinews.kz” xabar beradi.
Uchrashuvda davlat rahbarining Buyuk Britaniyaga tashrifi yakunlari muhokama etildi. Nazarboyev tomonlar o‘rtasida bir qator shartnomalar imzolanganligini ta’kidlab o‘tdi. U, shuningdek, respublika tashqi siyosatida Britaniya muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladi.
Yelizaveta II ham o‘z navbatida Nursulton Nazarboyevning Londonga rasmiy tashrifi yakunlariga yuqori baho berdi. Uning natijalari ikki mamlakat do‘stona munosabatlarining mustahkamlanishi hamda Qozog‘iston va Buyuk Britaniya xalqining gullab-yashnashiga xizmat qilishiga ishonch bildirdi.
Izoh (0)