Fransiya sobiq prezidenti Nikolya Sarkozi giyohvand moddalar kontrabandasi ishi yuzasidan tergov doirasida uning telefon so‘zlashuvlaridan foydalanganligi uchun fransuz sudyalarini huquqiy normalarni buzishda aybladi. Bu haqda “RBK” xabar beradi.
Sarkozining so‘zlariga qaraganda, uni giyohvand moddalar kontrabandasi bilan bog‘lovchi yagona holat bu uning Dominikandan Yevropaga kokain tashiganligi keyinchalik ma’lum bo‘lgan samolyotlar tegishli bo‘lgan aviakompaniya xizmatlaridan foydalanganligidir.
Sobiq prezidentning ta’kidlashicha, uning telefon so‘zlashuvlarini tinglashga faqat Fransiya prezidenti Fransua Olland tomonidan sanksiya berilgandan keyingina ruxsat beriladi.
Izoh (0)