Finlyandiya ijtimoiy sug‘urta boshqarmasi mamlakatda amalda bo‘lgan nafaqa tizimini shartsiz daromad bilan almashtirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.
2016-yil noyabrida taqdim etiladigan loyihaga ko‘ra, Finlyandiyaning har bir fuqarosiga hukumat tomonidan har oyda 800 yevrodan to‘lanadi. Bu pul soliqqa tortilmaydi.
Yangi tizimni bosqichma-bosqich joriy etish ko‘zda tutilgan. Birinchi bosqichda oylik to‘lov miqdori 550 yevroni tashkil etadi, ayni damda mavjud imtiyoz va nafaqalarning bir qismi saqlab qolinadi. Shundan so‘ng yangi tizimga to‘liq o‘tiladi. Boshqarma birinchi bosqich qancha davom etishi mumkinligiga aniqlik kiritmadi.
“Finlyandiya ijtimoiy sug‘urta boshqarmasi vakili Oli Kangasning bayon qilishicha, shartsiz daromad amaldagi imtiyoz va nafaqalar o‘rnini egallaydi, shuning hisobidan uning miqdori yetarli darajada katta bo‘ladi”, — deyiladi Yle xabarida.
Izoh (0)