AQSh hukumati Fransiya tashqi ishlar vaziri Loran Fabiusning o‘g‘lini hibsga olish uchun order berdi, u Las-Vegas kazinolarini 3,5 million dollarga chuv tushirishda gumon qilinmoqda. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar beradi.
33 yoshli Tomas Fabius 2012-yil mayida Las-Vegasning uchta kazinosi oldidagi qarzlarini yopishda qalbaki cheklardan foydalanganlikda gumon qilinmoqda. O‘sha paytda uning otasi rasman Fransiya TIV rahbari etib tayinlangan edi.
Shu tariqa, Fabius AQSh chegarasini kesib o‘tish chog‘ida zudlik bilan hibsga olinadi.
Izoh (0)