Buyuk Britaniyaning Preston shahrida yashovchi Uoltonlar oilasi Xellouinni nishonlash uchun o‘z uyini “zombicha apokalipsis” uslubida bezatishga 20 ming funt (30 680 dollar) sarfladi. Bu haqda The Daily Mail xabar bermoqda.
Uyga kirish qismiga yengil avtomobilni yakson qilayotgan bir nechta zombi haykali, shuningdek, qo‘rqinchli yozuvlar tushirilgan yo‘l belgilari joylashtirildi.
Oila Xellouin uchun dekoratsiyalarni o‘n oy davomida rejalashtirdi, eksponatlardan ba’zilarini ular o‘zlari AQShdan keltirdi. Uydagi har bitta xona alohida mavzuda bezatildi va turli qo‘rqinchli filmlar qahramonlari ko‘rinishidagi qo‘g‘irchoqlar bilan to‘ldirildi.
Izoh (0)