Rossiya futbol ittifoqi prezidenti Vitaliy Mutko tadbirkor Alisher Usmonov moliyaviy masalalarni hal qilishga yordam berganini ma’lum qildi, deb xabar beradi “Championat.com”.
“Tashvishimiz yengillashdi — Alisher Burxonovichga rahmat. U bosh murabbiy Fabio Kapellodan qarzlarni yopishga, Yevropa chempionatiga chiqish uchun beriladigan mukofot pullari bilan bog‘liq qarzlarni qisman yopishga yordam berdi”, — deb Mutkoning so‘zlaridan keltiradi “TASS”.
Izoh (0)