Buyuk Britaniya qirolicha Yelizaveta II ning 90 yoshiga bag‘ishlangan tantanalarga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Bayram tadbirlari doirasida kelasi yil qirolichaning liboslari ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi, deb yozadi WWD.
Unda 150 ta kiyim-kechak, shu jumladan, kecha liboslari hamda Yelizaveta II rasmiy qabul va uchrashuvlarda kiygan kiyimlar namoyish etiladi. Bundan tashqari, ko‘rgazma ishtirokchilariga sumka, aksessuar va bezaklar ham ko‘rsatiladi.
Ekspozitsiya 21-aprel — qirolichaning tug‘ilgan kunida Shotlandiyadagi Xolirud saroyida ochiladi, so‘ng u Angliyadagi Bukingem saroyi va Vindzor qasriga ko‘chadi.
Izoh (0)