AQSh Belarusning ba’zi kompaniyalariga nisbatan qo‘llanilgan sanksiyalarni qisman to‘xtatdi, deb xabar beradi “Gazeta.ru”.
AQSh Moliya vazirligining ma’lum qilishicha, bu qaror “Belorusneft”, “Belneftexim” va uning AQShdagi filiali, “Belshina”, “Grodno Azot”, “Grodno Ximvolokno”, “Lakokraska”, “Naftan” OAJ va “Polotsk Steklovolokno” kompaniyalariga tegishlidir.
Avvalroq Yevropa Ittifoqi mamlakatlari hukumatlari Belarusning 170 nafar fuqarosiga nisbatan sanksiyalarning qo‘llanilishini to‘rt oyga to‘xtatganligi haqida ma’lum qilingan edi. Bundan tashqari uch nafar yuridik shaxsga nisbatan ham sanksiyalar to‘xtatilgan.
Izoh (0)