Freedom House nodavlat tashkiloti Rossiyani internet erkin bo‘lmagan mamlakat deb topdi, deb xabar beradi Meduza.
Freedom House’ning hisoboti 2014-yilning iyunidan 2015-yilning may oyiga qadar bo‘lgan vaqtni o‘z ichiga oladi. Unda ta’kidlanishicha, Rossiyada internet erkinligini cheklovchi qonunlar qabul qilingan. Unda internetda ekstremizmga da’vat etganlik uchun besh yilga ozodlikdan mahrum etish haqidagi, shuningdek, kompaniyalardan rossiyaliklarning shaxsiy ma’lumotlarini faqat Rossiya hududida joylashgan serverlarda saqlashni talab etuvchi qonunlar haqida so‘z yuritiladi.
Hisobotda, shuningdek, Rossiya hukumati Ukrainadagi mojaro va Rossiyadagi hukumatga qarshi chiqishlarga taalluqli kontentni senzuradan o‘tkazishda davom etganligi haqida ma’lum qilingan.
Freedom House internet erkinligi to‘liq ta’minlangan mamlakatlar sifatida Islandiya va Estoniyani qayd etdi. Reytingda eng yomon ko‘rsatkichga Xitoy ega bo‘ldi.
Izoh (0)