Fransiya tashqi ishlar vaziri Loran Fabius rossiyalik hamkasbi Sergey Lavrov bilan telefon orqali suhbatlashib, Suriyadagi vaziyatni muhokama qilganini aytdi, deya xabar bermoqda “RIA Novosti”.
“Men u bilan kecha kechqurun Parijda sheriklar bilan muzokaralar chog‘ida kelingan asosiy xulosalarni muhokama qildim. Shuningdek, unga bizning uchta birlamchi vazifalarimizni eslatib o‘tdim, bular: mo‘tadil muxolifat emas, balki IShID va boshqa terrorchilik guruhlari bilan kurash; Bashar Asadning iste’fosi kafolatlashi mumkin bo‘lgan o‘tish jarayonining tezlashishi; tinch aholi himoyasi”, — dedi Loran Fabius.
Shuningdek, Fransiya tashqi ishlar vaziri Bashar Asadning Suriya prezidenti lavozimidan belgilangan muddatda iste’foga chiqishi shartlarini aniqlashtirib olish kerakligi haqida fikr bildirdi.
Eslatib o‘tamiz, 23-oktabr kuni Avstriya poytaxti Venada Rossiya, AQSh, Saudiya Arabistoni va Turkiya tashqi siyosiy idoralari rahbarlari Sergey Lavrov, Jon Kerri, Adel al-Jubayr va Faridun Sinirlio‘g‘li ishtirokida Suriyaga bag‘ishlangan muzokaralar bo‘lib o‘tgandi.
Izoh (0)