BMT Bosh kotibi Pan Gi Mun 28-oktabr kuni qochoqlar bilan “global birdamlik”ka chaqirdi, deya xabar bermoqda “TASS”.
U Karlos III nomidagi Madrid universitetida so‘zlagan nutqida ayni paytdagi migratsiya inqirozi Ikkinchi jahon urushidan buyon eng yirigi ekanligini eslatib o‘tdi.
Bosh kotib fikricha, qochoqlar haqida “son nuqtai nazaridan emas, birdamlik nuqtai nazaridan” o‘ylash kerak. Pan Gi Mun qochoqlar oqimini “eplashga urinayotgan” Yevropa davlatlari rolini yuqori baholadi. U muhojirlar hayotlari yaxshiroq tus oladi, deb o‘ylab, o‘z mamlakatlaridan qochishi haqida fikr bildirdi.
Izoh (0)