Moldaviya hukumati bosh vazir Valeriy Strelets boshchiligida mamlakat parlamentidagi ovoz berish natijalariga ko‘ra iste’foga chiqarildi. Bu haqda “Interfaks” xabar beradi.
Amaldagi vazirlar mahkamasiga ishonchsizlik votumini ifodalovchi rezolyutsiya uchun 101 nafar deputatdan 65 nafari ovoz berdi. Bular Sotsialistlar partiyasi, Kommunistlar partiyasi va Demokratik partiya muxolifatchi fraksiyalari vakillaridir.
29-oktabr tongida Moldaviya sotsialistlari o‘zining tarafdorlarini parlament binosi yaqinida hukumatning iste’foga chiqishini talab qilgan namoyishga chiqardi.
Hukumatga ishonchsizlik votumini bildirish haqidagi taklif parlamentga 22-oktabr kuni Moldaviya Sotsialistlar partiyasi va Kommunistlar partiyasi muxolifatchi deputatlari tomonidan kiritilgan edi.
Izoh (0)