Rossiyaning Sochi shahrida taekvondoning ITF yo‘nalishi bo‘yicha an’anaviy “Qora dengiz kubogi” yakunlandi. Mazkur nufuzli musobaqada 20 dan ziyod mamlakatdan kelgan 500 ga yaqin sportchi qatnashdi, deya xabar beradi “Olamsport”.
Xalqaro musobaqada Laziz Hasanov boshchiligidagi O‘zbekiston terma jamoasi muvaffaqiyatli ishtirok etib, yakunda umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egalladi.
10 va 12 yoshlilar o‘rtasida Shohjahon Inoyatov, 20 yoshgacha bo‘lganlar orasida Aziz G‘ulomov, Kamron Yoqubov, Zuhra Ergasheva, sparring bahslarida Laziz G‘ulomov, A’zamjon Hasanov, Jasur Bahodirov, Abdurauf Irisboyev, Behzod Mahmudov, Barno Abdullayeva finalda raqiblarini mag‘lub etib, musobaqaning oltin medallari bilan taqdirlandi.
Izoh (0)