Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi (XOQ) Kuvayt olimpiya qo‘mitasi faoliyatiga hukumat aralashgani uchun tashkilotni diskvalifikatsiya qildi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Oldinroq Kuvayt futbol assotsiatsiyasi ham Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) tomonidan mamlakat rasmiylari tashkilot ishiga aralashgani tufayli diskvalifikatsiya qilingandi. Mazkur jazo choralari oqibatida Kuvayt milliy jamoalari va klublari FIFA hamda Osiyo futbol konfederatsiyasi o‘tkazadigan turnirlarda ishtirok etolmaydi.
XOQ bu qaror yuzasidan apellyatsiya berish uchun oxirgi muddat sifatida 27-oktabrni belgilangan. Agar qaror o‘z kuchida qoladigan bo‘lsa, Kuvayt sportchilari kelgusi yili Rio-de-Janeyroda o‘tkaziladigan Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etmaydi.
Izoh (0)