Olmaota shahrida taekvondoning WTF yo‘nalishi bo‘yicha Qozog‘iston Ochiq chempionati davom etmoqda. Musobaqaning ikkinchi kungi bahslarida O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari yana ikkita medalni qo‘lga kiritdi. Go‘zal Norboboyeva va Zariya Qosimova o‘z vazn toifalarida bronza medaliga sazovor bo‘ldi, deb xabar beradi “Olamsport”.
Shu tariqa, ikki kungi bahslar yakuniga ko‘ra O‘zbekistonning umumiy medallari soni 7 taga yetdi. Qozog‘iston Ochiq chempionatining ilk kuni o‘zbekistonlik taekvondochilar beshta medal bilan taqdirlangan edi. Kattalar o‘rtasida Bahrom Abdullayev kumush, Timurbek O‘rolov esa bronza medalini qo‘lga kiritgandi.
Yoshlar o‘rtasidagi musobaqada esa Pan Vlada oltin, Ulug‘bek To‘xtasinov kumush, Sardor Toirov bronza medali bilan taqdirlandi.
Izoh (0)