Аmerikalik bokschi Roy Jons Rossiya fuqarosi pasportini oldi. Mazkur tadbir Moskvada, Federal migratsiya xizmatining markaziy bo‘linmalaridan birida bo‘lib o‘tdi, deya xabar berdi “TASS”.
“Bu men uchun juda katta qadam. Rossiyaga endi shu mamlakatning fuqarosi sifatida kelishimdan baxtliman”, — deya ta’kidlagan Jons.
19-oktabr kuni Roy Jons Rossiya bayrog‘i ostidagi ilk jangni 12-dekabrda amerikalik Antonio Tarverga qarshi o‘tkazishi ma’lum bo‘ldi. Jons va Tarver Jahon boks assotsiatsiyasi (WBA) yo‘nalishida birinchi og‘ir vaznda superchempionlik uchun bahs olib boradi.
Eslatib o‘tamiz, Vladimir Putin 12-sentabr kuni Roy Jonsga Rossiya fuqaroligini berish to‘g‘risidagi farmonni imzolagan edi.
Izoh (0)